“Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb – vazifa”
Qashqadaryo viloyati IIBda IIVning 2024-yil
15-aprel kunidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligini o‘tkazish
to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb –
vazifa” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Shaxsiy tarkib va yosh xodimlarning
ma’naviy-ma’rifiy bilimi va kasbga bo‘lgan sadoqatini oshirish maqsadida
tashkil etilgan tadbirni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik
Zavqiddin Xo‘janov ochdi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari o‘z so‘zida ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida
xizmat intizomi, qonunchilikka rioya etish, korrupsiya va tamagirlikning har
qanday ko‘rinishiga chek qo‘yish bugungi kun talabi ekanligini bildirdi.
Xodimlarga korrupsion turdagi taklif bo‘lganda meyoriy buyruq talablariga
muvofiq darhol mas’ul rahbarlarga bildirgi bilan murojaat qilishlari
lozimligini yana bir bor eslatib o‘tdi.
Qasamyodiga sodiq qolib, xizmat vazifalarini
vijdonan va halol bajarib, korrupsion takliflarni rad etgan xodimlarni
rag‘batlantirib kelinayotganligini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng, ichki ishlar organlarida uzoq
yillik faoliyati davomida kasbiy mahorati va tajribasini yoshlarga o‘rgatib,
sabot bilan xizmat qilib kelayotgan besh
nafar soha fidoyisi nafaqaga kuzatildi.
Boshqarma rahbariyati ushbu xodimlarga to‘n va
do‘ppi kiygizib, ehtirom ko‘rsatdi, esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
O‘z navbatida nafaqaga chiqqanlar ehtirom uchun
boshqarma rahbarlari va hamkasblarga minnatdorlik bildirib, bundan keyin ham yosh
xodimlarga kasb sir-asrorlarini o‘rgatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.