“Korrupsiyaga qarshi kurashish — davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil”
Qashqadaryo viloyati IIBda “Korrupsiyaga qarshi kurashish — davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari hamda Qarshi shahar Adliya bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Qarshi shahar Adliya bo‘limi bosh
maslahatchisi Bunyod Begmatov so‘zga chiqib, ijtimoiy hayotda korrupsiya domiga
tushib, oyog‘i qoqilayotganlar oz emasligini, mashhur faylasuf Tomas Gobbsning
«Korrupsiya – davrlar osha o‘sib kelayotgan ildiz bo‘lib, u har xil
orzu-havaslar ortidan qonunlarni mensimaslikdir», degan so‘zlari ham bu
jirkanch illatning naqadar qadimiy ekanligini tasdiqlashini ta’kidladi.
Jahonda globallashuv
jarayonlarining tobora rivojlanishi sababli davlat va nodavlat sektorida
korrupsiyaning zamonaviy va yashirin ko‘rinishlari yuzaga kelmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish da
albatta, xorijiy tajribalarni o‘rganishimiz zarur.
Janubiy Koreyaning «Korrupsiyaga
qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurash
tashkiloti har qanday shaxs ning arizasiga ko‘ra dastlabki tergovni boshlashi
shart. Agar fuqaro korrupsiya to‘g‘risida yolg‘on xabar bersa, buning uchun u
qattiq jazolanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan va boshqa
davlatlardagidek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish
agentligiga ham ko‘proq vakolatlar berish hozirgi davrda qanchalik muhim
ekanligi ayon bo‘lmoqda.
Hozirgi paytda respublikamizda
ham bu illatga qarshi kurashish doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va
ular bo‘yicha keng qam rovli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda so‘nggi
yillardagi korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga solishga qaratilgan huqu
qiy asoslar sifatida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi, «Davlat
fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi,
«Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunlarni alohida qayd etish
o‘rinlidir. Yurtimizda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muhim preventiv
mexanizmlar yaratilganligi, davlat boshqaruvida byurokratiyani kamaytirish,
ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini
yaxshilash, raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish borasida amalga oshirilgan
chora-tadbirlar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining
muhim elementlari bo‘lib xizmat qilmoqda. Poytaxtimizda korrupsiyaga qarshi
kurashish borasidagi sa’y-harakat larni ifodalovchi monument ham ochilgan
bo‘lib, kafti ochiq qo‘l ko‘rinishidagi ushbu kompozitsiya halollik,
korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni, butun dunyoni unga qarshi kurashishda
birlashishga da’vatni anglatadi.
Shu o‘rinda aytish kerakki,
O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘z maqsadlariga ega. Xususan,
«O‘zbekiston — 2030» strategiyasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
alohida maqsad belgilangan. Xususan, 89-maqsad — korrupsiyaviy omillarni
bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish
sifatida belgilandi. Umuman olganda, korrupsiya davlat organlari faoliyatiga
putur yetkazadi, iqtisodiy tushkunlikni keltirib chiqaradi, aholining davlat
hokimiyati boshqaruv organlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi, taraq- qiyotni
sekinlashtiradi. Shuning uchun ham ushbu illatga qarshi kurashish barchamizning
asosiy vazifamizga aylanishi lozim. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
davlat siyosatini amalga oshirishda eng muhim vazifalardan biri, jamiyat ongini
tubdan o‘zgartirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda
bo‘lish muhitini shakllantirishdir.
Zero, korrupsiyaga qarshi
kurashish – davlat va jamiyat yangilanishida muhim omildir!
Tadbirda boshqarma TQX TQKB Targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i, mayor Firdavs Muxammadiyev hafta davomida jahonda yuz bergan voqea-hodisalar bo‘yicha, tashkiliy boshqarma Murojaaatlar bilan ishlash guruhi bosh inspektori, podpolkovnik Bekzod Irgashev “Murojaatlar bo‘yicha ijrochilik intizomi”, Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi terapevt shifokori Asliddin Zayniddinov “Qandli diabet nima?” mavuzularida ma’ruza qildi.