25 Aprel 2024 yil 208

“Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi”

Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish xodimlari bilan bog‘liq xizmat intizomi, qonunchilik va favqulodda hodisalar sodir etilishini oldini olish maqsadida Qashqadaryo viloyati Nishon va Qarshi tuman IIBlarida IIBda Vazirlikning 2024 yil 15 aprel kunidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi  farmoyishi ijrosi buyicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ko‘lami keng yig‘ilishda biriktirilgan hududiy mas’ul rahbarlar, O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, boshqarma MMI va KBTX hamda “Faxriylar kengashi” mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” tadbiri doirasida ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida korrupsion holatlarni oldini olish,  tarbiyaviy profilaktik uchrashuvlar, yig‘ilishlar o‘tkazilib, tamagirlik, poraxo‘rlik  holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, bu illatga qarshi kurashishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar xususida ishtirokchilarga tushunchalar berildi.

Ko‘lami keng yig‘ilishda ichki ishlar organlari xodimlariga faxriylar hallolik va o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilish xususida tavsiyalar berib, o‘z tajribalarini so‘zlab berishdi.

Tadbir doirasida xavf guruhiga kiritilgan xodimlarning yaqin qarindoshlari bilan suhbat o‘tkazildi.

Tadbirda shaxsiy tarkibga favqulodda va salbiy holatlar bo‘yicha tayyorlangan  “So‘ngi pushaymon iztiroblari” nomli videorolik namoyish  etildi.

Bu borada  ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech