“Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb – vazifa”
Qashqadaryo viloyati IIBda IIVning 2024-yil 15 aprel kunidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb – vazifa” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Shaxsiy tarkib va yosh xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimi va kasbga bo‘lgan sadoqatini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov ochdi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari o‘z so‘zida ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi, qonunchilikka rioya etish, korrupsiya va tamagirlikning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yish bugungi kun talabi ekanligini bildirdi. Xodimlarga korrupsion turdagi taklif bo‘lganda me’yoriy buyruq talablariga muvofiq darhol mas’ul rahbarlarga bildirgi bilan murojaat qilishlari lozimligini yana bir bor eslatib o‘tdi.
Qasamyodiga sodiq qolib, xizmat vazifalarini vijdonan va halol bajarib, korrupsion takliflarni rad etgan xodimlarni rag‘batlantirib kelinayotganligini ma’lum qildi.