24 Fevral 2024 yil 273

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi

Dehqonobod tuman IIBda  “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” dirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘lim rahbariyati va shaxsiy tarkibi, faxriylar va xodimlarning ota-onalai ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi bo‘yicha fikr-mulohazalarni bildirishdi.

Ko‘lami keng yig‘ilishda ichki ishlar organlari xodimlariga faxriylar o‘z tajribalarini so‘zlab berib, hallolik va o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilish xususida tavsiyalar berishdi.

Yig‘ilish yakunida namunali xizmatqilib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga bo‘lim rahbariyatining “Tashakkurnoma”lari topshirildi.

Text to speech