“Korrupsiya taraqqiyotga jiddiy to‘siq” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyati IIBda “Korrupsiya
taraqqiyotga jiddiy to‘siq” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib
o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar
xodimlari ishtirok etishdi. Uni viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari,
podpolkovnik Sh.Muslimov ochdi.
Mavzu yuzasidan viloyat Adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi Abdumurod Jo‘rayev so‘zga chiqib, joriy yil 27-noyabrda
davlatimiz rahbarining «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi farmon bilan 9 ta ustuvor yo‘nalish, 30 ta muhim
chora-tadbirlardan iborat Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tasdiqlangan
2023–2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturlarining samaradorligi tog‘risida
so‘z yuritdi.
Yig‘ilishda ATIB “Ipoteka-bank” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Abror Aliqulov
uy-joylarga ajratiladigan kreditlar va taqdim etiladigan imtiyozlar haqida
ichki ishlar organlari xodimlariga atroflicha ma’lumotlar berdi. So‘ngra shaxsiy tarkibi o‘rtasida “Ekstremizm va terrorizm
g‘oyalariga qarshi kurashish" mavzusi bo‘yicha Qashqadaryo viloyat IIB TQX
Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi
bo‘lim boshlig‘i mayor Firdavs Muhammadiyev slaydli ma’ruza qildi.
Tadbirda G"ripp kasalligi va uning profilaktikasi" haqida boshqarma
DPM Tibbiyot bo‘limi SENM boshlig‘i mayor Rustam Daminov shaxsiy tarkibga
tibbiy tavsbiyalar berdi.