19 Noyabr 2022 yil 269

Korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lish - bugungi kun talabi

Qashqadaryo viloyati IIBda Prezidentimizning 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–81-son qarori va O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda IIV SHXB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Tergov boshqarmasi va MMI va KBTX mas’ul rahbarlari ichki ishlar organlarida korrupsiyaning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan tashkiliy-amaliy ishlarni monitoring qilib borish, manfaatdor idoralarga ma’lumotnomalarni o‘z vaqtida taqdim etish vazifalari xususida so‘z yuritdilar.

Yig‘ilishda Boshqarma boshlig‘ining 2022 yil noyabrdagi “Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish hamda korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, boshqarma sohaviy xizmatlari mas’ullaridan iborat Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasi komissiyasi tuzilib, ishchi guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Komissiya a’zolari korrupsiyaning barvaqt oldini olish, unga qarshi kurashish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishni targ‘ib etuvchi tadbirlar, davra suhbatlari tashkillashtirish, xodimlarning oilaviy sharoitlarini, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini o‘rganib, ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatish vazifasi yuklandi. 

Tadbirda ishtirokchilarga “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 3 mart kunidagi buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash hamda ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish maqsadida xizmatdan foydalanish uchun uslubiy qo‘llanma” tarqatildi.

Text to speech