11 Fevral 2023 yil 240

Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish - davr talabi

    Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Prezidentimizning 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–81-son qarori va O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uni Qashqadaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Muslimov ochdi.

       Ko‘lami akeng yig‘ilishda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi O‘MIB tezkor vakili mayor Jamshid Rasulov so‘zga chiqib, ichki ishlar organlarida korrupsiyaning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olish, ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida poraxo‘rlik, tamagirlik holatlarini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildi.

       Ayni kezlarda boshqarma sohaviy xizmatlari – boshqarma ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati, shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, xodimlarning ota-onalari hamda oila a’zolari, Faxriylar kengashidan iborat Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasida tuzilgan komissiya faoliyat olib borayotgani, uning ishchi guruhi bilan oila a’zolari xodimlarning xizmatda va xizmatdan tashqari vaqtlarda xatti-harakatini nazorat qilish uchun uzviy aloqani yanada kuchaytirish lozimligini ishtirokchilarga uqtirdi. 

      Komissiya a’zolariga korrupsiyaning barvaqt oldini olish, unga qarshi kurashish muhitini shakllantirish, poraxo‘rlik, tamagirlik holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishni targ‘ib etuvchi tadbirlar, davra suhbatlari tashkillashtirish, xodimlarning oilaviy sharoitlarini, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini o‘rganib, ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatish kabi bir qator ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay ayrim xodimlar tomonidan salbiy xatti-harakatlar sodir etilayotgani aytib o‘tildi. 

      Tadbirda ishtirokchilarga “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 3 mart kunidagi buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash hamda ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish maqsadida xizmatdan foydalanish uchun uslubiy qo‘llanma” tarqatilgani, qo‘llanmadan xizmatda samarali foydalanish lozimligi ta’kidlanib, bu borada tegishli yo‘riqnoma berildi.

Text to speech