16 Aprel 2023 yil 190

“Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi”  

 

Qashqadaryo viloyat IIBda ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan  “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” tadbir  doirasida IIV mas’ul xodimi, viloyat IIB MMI va KBTX xodimlari tomonidan tergov tezkor guruhi bilan ertalabki yo‘riqnoma o‘tkazdi. Yo‘riqnomada Vazir o‘rinbosarining shaxsiy tarkib o‘rtasida qonuniylikni mustahkamlash, xizmat intizomiga rioya etish, korrupsion xarakterdagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida joriy yilning 12-19-aprel kunlari ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” e’lon qilingani ta’kidlandi.

Shaxsiy tarkib o‘rtasida tartib-intizom va qonuniylikni mustahkamlash borasida vazirlik va boshqarma rahbariyati tomonidan joylarga ko‘plab ko‘rsatma va topshiriqlar berib kelinayotgan bo‘lishiga qaramasdan, respublika miqyosida ayrim rahbarlarning nazoratsizligi va ta’sirchan choralarni ko‘rmayotganligi oqibatida xodimlar tomonidan qonunbuzilish va korrupsion holatlari sodir etilayotgani ishtirokchilarga atroflicha tushuntirildi.

Kunlik yo‘riqnomalarda korrupsion xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan tarkibiy xizmat xodimlarining korrupsiyaga qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadida profilaktik ogohlantiruv choralari ko‘rilib, “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi”ning tegishli bandlarida belgilangan talablar yetkazilib, xodimlar qattiq ogohlantirilayotir.

So‘ngra, IIV va viloyat IIB MMI va KBTX ishchi guruhi sohaviy xizmtlar va ularning navbatchilik qismi xodimlarining xizmat faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Nazorat kuzatuvlar davomida boshqarma Patrul-post xizmati xodimlarining kunlik xizmati bilan tanishib, tegishli yo‘riqnomalar berildi. Qarshi shahar, “Nasaf” ko‘chasidagi Patrul-post xizmati 102 punktining faoliyati ham o‘rganilib, ichki ishlar organi xodimning faoliyati va fuqarolar bilan olib borayotgan ishlari tekshirildi.

O‘rganishlar davomida ichki ishlar organlari xodimlarining gigiena va boshqa zaruriy vositalari hamda Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi mavjudligi nazoratdan o‘tkazildi.

Amalga oshirilayotgan tadbirlarda IIO xodimlarining shaxsiy avtomashinalari hujjatlari ham ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yo‘riqnoma berildi.

IIV ishchi guruhining o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Text to speech