3 Dekabr 2021 yil 502

Konstitutsiya – istiqlolimiz asosi


Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimida Qashkadaryo viloyati IIB xodimlari ishtirokida Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – istiqlolimiz asosi” mavzusida tadbir boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB, IIV Qashqadaryo akademik litseyi va Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Sh.Muslimov soʼzga chiqib, Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini keng targʼib etish orqali xodimlarni huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va barcha qonunlariga hurmat ruhida tarbiyalash, faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlashga qartilgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini taʼminlashning ustuvor vazifalaridan ekanligini taʼkidladi.
Tadbirda IIV akademik litseyi oʼquvchilari va viloyat Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari tomonidan aytilgan sheʼrlar ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Text to speech