8 Dekabr 2022 yil 262

Konstitutsiya bilimdonlari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligini 30 yilligi munsabati bilan Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma sohaviy xizmatlari xodimlari va vazirlik Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Bosh Qomusimizning yaratilishi tarixi, undagi moddalar, hayotimizdagi o‘rni, huquq va erkinliklarimiz kafolati borasida Qashqadaryo viloyat IIB sohaviy xizmatlari xodimlari va litsey o‘quvchilarining bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Qizg‘in bahs va munozaralar asosida kechgan ko‘rik-tanlovda g‘oliblar Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyatining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech