Konstitutsiya – baxtu iqbolimiz
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtu iqbolimiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, faxriylar kengashi hamda hamkasblariga xizmatda o‘rnak bo‘lib kelayotgan fidoyi xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiev ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bayrami munosabati bilan tabrigi o‘qib eshittirdi. Boshqarma boshlig‘i o‘z so‘zida Bosh qomusimiz mustaqil davlatimiz, obod va farovon hayotimiz, huquq va erkinliklarimiz asosi bo‘lib xizmat qilayotganini bildirdi. Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish orqali xodimlarni huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va barcha qonunlariga hurmat ruhida tarbiyalash, faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlashga qartilgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini ta’minlashning ustuvor vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.
Tantanali tadbir yakunida jinoyatchilikni oldini olish va qarshi kurashish borasida faoliyatda ijobiy natijalarga erishayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari va yoshlarga murabbiylik qilib kelayotgan faxriylarga “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.