6 Dekabr 2024 yil 656

“Konstitutsiya – yuksalish va taraqqiyotimiz kafolati”

 O‘zbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – yuksalish va taraqqiyotimiz kafolati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyi direktori podpolkovnik K.SH.Nazarov, Qarshi davlat universiteti filologiya fanlari doktori, professor B.Yo‘ldoshev, Qarshi shahridagi Nuriston akademik litsey direktori A.Qudratov, Qashqadaryo viloyati Oltin meros jamg‘armasi raisi, yozuvchi A.Ashurova, Qashqadaryo viloyat IIB faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik S.Islomov, a’zolari iste’fodagi polkovnik A.Ibodov, iste’fodagi polkovnik N.Ro‘zimurodov va Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘ining yordamchisi, iste’fodagi podpolkovnik Z.Obilovlar qatnashishdi.

Ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati bandma-band litsey o‘quvchilariga yetkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, mohiyatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatni oshirish, tarbiyalash, yuksaltirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida litsey o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda ilmiy-amaliy konferensiya o‘quvchilarda katta taassurot qoldirishdi.

Text to speech