“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!”
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining o‘ttiz ikki yilligi bayrami arafasida viloyat Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan kuch tuzilmalari yoshlari o‘rtasida “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida “Zakovat” intelektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bosh qomusimizning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati, unga kiritilgan o‘zgartirishlar, haq-huquqlarimiz kafolati ekanligini keng targ‘ib etish shu orqali yoshlarni huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va barcha qonunlariga hurmat ruhida tarbiyalash, faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini ta’minlashning ustuvor vazifalarini ochib berishga e’tibor qaratildi. Qizg‘in bahs va munozaralar asosida bo‘lib o‘tgan “Zakovat” intelektual o‘yini yakuniy natijalariga ko‘ra, viloyat Bojxona boshqarmasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Qashqadaryo viloyati IIB va Qarshi shahridagi harbiy aviatsiya bilimi yurti jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.