14 Yanvar 2021 yil 509

KOʼNGILLАRGА MАLHАM ULАSНILDI

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati xizmat vazifasini bajarish chogʼida vafot etgan xodimlar, nogiron va boquvchisini yoʼqotgan faxriylar holidan xabar olishdi.

Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev va sohaviy xizmatlar rahbarlari boshqarma YHXB tizimida xizmat qilgan, xizmat vazifasini bajarish chogʼida vafot etgan katta serjant Аziz Аnnaqulov xonadonida boʼlishdi. Katta serjantning oila aʼzolari bilan suhbat davomida marhum Аziz Аnnaqulovning oʼz kasbiga boʼlgan fidoyiligi va jonbozligi, uning jasorati yoshlarga oʼrnak ekanligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlari nafaqaxoʼri, isteʼfodagi polkovnik Narzulla Jumanov va isteʼfodagi podpolkovnik 1-guruh nogironi Ochil Rajabov xonadonida boʼlgan boshqarma rahbariyati faxriylar bilan samimiy suhbat qurishdi. Faxriylar oʼzining koʼp yillik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, tarixda qolgan yillar suronidagi xizmatning masʼuliyat va mashaqqatlari toʼgʼrisida yigʼilganlarga soʼzlab berishdi.

Shuningdek, boshqarma PPX va JTSB rahbariyati tizimning karantin boʼlinmasida xizmat qilib nafaqaga chiqqan isteʼfodagi katta serjant Shuhrat Shukurov xonadonida boʼlishdi. Bayram kuni shogirdlar tashrifidan faxriyning quvonchi cheksiz boʼldi. 

 Tadbirda har uchchala oilaning maishiy va boshqa muammolari oʼrganilib, moddiy va maʼnaviy koʼmak berildi.

Text to speech