Koloniyada jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlarga Dushanba - “Yangi Oʼzbekiston” kuni doirasida davra suxbati o'tkazildi
2-son JIEKda jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlar bilan 2022 yil 14 mart kuni Qarshi Davlat Universiteti iqtisodiyot kafedrasi oʼqituvchisi Olimjon Joʼraev hamda Qarshi Davlat Universiteti siyosiy fanlar nomzodi dotsenti Sharofiddin Ermatovlar tashrif buyurib, koloniyada jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlarga Dushanba - “Yangi Oʼzbekiston” kuni doirasida mamlakatimizda hozirda olib borilayotgan siyosiy jarayonlar, iqtisodiyot sohasidagi boʼlayotgan oʼzgarishlar, rivojlanayotgan Oʼzbekistonimizda erishilayotgan yutuqlar, xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishda amalga oshirilayotgan isloxotlar haqida keng qamrovli tushunchalar berildi.
Davra suxbati davomida mahkumlar tomonidan berilgan savollarga malakali mutaxasislar tomonidan batafsil javob berildi.
Bundan tashqari “Oʼzbekiston 24” telekanali orqali respublikamiz hayotida yuz bergan voqealar tafsiloti, Davlat va hukumat rahbari tomonidan imzolangan qaror va farmoyishlar va boshqa har bir fuqaro uchun muhim oʼzgarishlar sharhi asosida tayyorlanib, haftaning yakshanba kuni soat 21-00 da efirga uzatilgan “Taxlilnoma koʼrsatuvi yozib olinib, koloniya markaziy teletarmogʼi orqali barcha turkumlarda jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlarga havola qilindi.
“MTRK/Rasmiy kanal” telegramm kanalida iqtisodiy barqarorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar bayoniga bagʼishlangan teleko'rsatuv yuklab olinib, mahkumlar eʼtiboriga havola etildi.
Bundan tashqari Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik O.M.Satimbaev koloniyaga tashrif buyurib, koloniyada jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlarni muammolari boʼyicha suxbatlashib, sayyor qabul oʼtkazdi.
Koloniya boshligining manaviy ma'rifiy ishlar buyicha urinbosari mayor Z.Obilov