14 Aprel 2023 yil 258

Koʼkdala tumanida sodir etilgan yoʼl-transport xodisasi tanqidiy muhokama qilindi

Koʼkdala tumanda joriy yil 10 aprel kuni sodir etilgan ogʼir oqibatli yoʼl-transport hodisasi yuzasidan muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti Yoʼl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari va viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yoʼl harakati xavsizligi boshqarmasi boshligʼi, tumandagi sektorlar mutasaddilari va avtokorxonalar haydovchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʼz olgan ichki ishlar vazirligi masʼul xodimi oʼz soʼzida Koʼkdala tumanida ogʼir oqibatli yoʼl-transport hodisasi sabab va oqibatlari, bu borada mutasaddi idoralar ish faoliyatda loqaydlikka, sustkashlikka yoʼl qoʼyayotganini tanqid ostiga oldi. Аvtokorxonalarda, mahallalarda avtomashina boshqaruvchi shaxslar bilan muntazam pofilaktik tadbirlarni amalga oshirishda suskashlikka yoʼl qoʼyilayotgani aytib oʼtildi.
Bu boradagi ishlarni jadallashtirish uchun tuman ichki ishlar boʼlimi yoʼl harakati xavfsizligi xizmati, yoʼllardan foydalanish unitar korxonasi masullari va tuman obodonlashtirish boʼlimi, avtomaktablar, Vatanparvarlar tashkiloti mutasaddilari muntazam tumandagi avtokorxonalarda va mahallarda haydovchilar bilan avtomashina imkoniyatlariga erk bermaslik, ertalab uydan chiqishda avtomashinani koʼrikdan oʼtkazish, yoʼl harakati qoidalariga rioya qilish, oraliq masofani saqlash boʼyicha profilaktik suhbatlarni uyushtirish lozimligini tushuntirildi.
Fuqarolarning kundalik tashvishi va maishiy muammolari bilan shugʼullanishi lozim boʼlgan mahalla beshligi ham tadbirlarda falokat oyoq ostidaligi, ichki va xalqaro yoʼllarda avtomashina boshqarishda ogoh va hushyor boʼlishi, yoʼl harkati qoidalariga ogʼishmay rioya etishi xususida tushunchalar berishi bu kabi mudhish ogʼir oqibatli jinoyatlarning oldi olishda asqotishi tayin.

Text to speech