2 May 2023 yil 278

“Kodeks bilimdoni”

Ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida boshqarma tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xodimlari hamda shahar-tuman IIBlari xodimlari ishtirokida “Kodeks bilimdoni” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksini o‘qib o‘zlashtirish borasidagi tanlovda 1-o‘rinni Qarshi shahar IIO FMB kadrlar bilan ta’minlash guruhi katta inspektori kapitan Javdod Boymurodov, 2-o‘rinni boshqarma TVBSO katta mutaxassis aloqachisi  katta serjant Farrux Tilyakov, 3-o‘rinni esa Qamashi tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori leytenant Turg‘un Nurmanov qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar Qashqadaryo viloyati IIBning g‘oliblik diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech