KO‘KDALALIKLARNING MUAMMOLARI HAL ETILDI
Vohaning yangi – Ko‘kdala tumanida Qashqadaryo viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
Pedagogika kollejida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Abduvohid Ismoilov 12 nafar fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlarini qabul qildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari olib borayotgan surishtiruv va tergov harakatlari hamda sohaga ishga tiklash hamda fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilish bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganildi.
Ommaviy qabulda tushgan murojaatlarning 6 tasi joyida hal etildi. Ayrim fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi. Mablag‘ va vaqt talab etadigan 6 ta murojaatlar mas’ullarga ijro uchun berilib, hal etish vazifasi yuklatildi
Tumanning “Qumdaryo” mahallasida yashovchi xotin-qizlar Durdona Ibragimova va Aziza Jumaboyevaga o‘zini o‘zi band qilishi uchun tikuv mashinkalari berildi.
Jumladan, 3 nafar fuqarolik ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.