25 Dekabr 2024 yil
1336
Ko‘kdala tumanida Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining fuqarolar bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot orqali ularning muammolarini o‘rganilib, hal etish choralari ko‘rildi. Bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Avduvoxid Ismoilov to‘qqiz nafar fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi.
Murojaatlar asosan, ichki ishlar organlarining profilaktika va jinoyat qidiruv xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv harakatlarining olib borilishi, ishga kirish, ID-kartalari olishga oid masalalardan iborat bo‘ldi.
Qabul qilingan murojaatlarning to‘rttasi ijobiy hal qilindi. O‘rganish uchun vaqt talab etadigan beshta murojaatlar mas’ullarga biriktirilib, qonuniy hal etish topshirig‘i berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.