15 Aprel 2024 yil 388

Ko‘kdala tumani ichki ishlar bo‘limida faoliyat olib borayotgan xodimlarning oila a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Unda Qashqadaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Zarina Kenjayeva, bosh psixolog, katta leytenant Xamidulla Xudoyqulov hamda tuman ichki ishlar bo‘limi rahbariyati, shaxsiy tarkibi, xodimlarning oila a’zolari ishtirok etishdi.
Ko‘lami keng yig‘ilishda so‘z olganlar ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, ular tomonidan salbiy holatlar sodir etilishini oldini olish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlashdi.
Bundan tashqari, davlatimiz tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar, ijtimoiy va tibbiy yordamlar haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Bunday imkoniyatlarga javoban shaxsiy tarkib xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, faoliyatda va xizmatdan tashqari vaqtlarda ichki ishlar organi xodimi sha’niga putur yetkazuvchi holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari shart va lozim.
O‘z navbatida xodimlarning oila a’zolari, xususan ularning turmush o‘rtoqlari bilan rahbariyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.
Bu boradagi ishlar viloyatning shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida davom ettirilmoqda.

Text to speech