Ko‘kdala tuman IIB xodimlari yangi binoda ish boshladi
Qashqadaryo viloyatining yangi tumani Ko‘kdalada ichki ishlar bo‘limining yangi
binosi foydalanishga topshirildi.
Tadbirda
IIV o‘rinbosari general- mayor Baxodir Mirzaraximov, viloyat hokimi Murotjon
Azimov, IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov boshqa huquqni muhofaza
biluvchi organlar, faxriylar va keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy
axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tantanali
tadbirni viloyat hokimi Murotjon Azimov ochdi.
Tadbirda
so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
raxnamoligida ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga
aylantirish va aholi bilan hamkorligini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan
ishlar natijasida tizim fuqarolarning ishonchli himoyachisi sifatida
shakllandi. Natijada mamlakatimizda
tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi
kurashishning mutlaqo yangi jahon andozalariga mos va xos tizimi amaliyotga
joriy etildi.
Mamlakatimizda
sharafli va ayni paytda mas’uliyatli kasbning nufuzini oshirish maqsadida
Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan bir qator qarorlar qabul qilindi.
Muhtaram
Prezidentimizning 2022 yil 19 aprel
kunidagi tegishli qarori bilan Qashqadaryo viloyati tarkibida Ko‘kdala tumani
tashkil etilgandi. Mazkur kundan boshlab tuman hududida ko‘plab bunyodkorlik
ishlari amalga oshirildi.
Jumladan,
Ichki ishlar vazirligi tomonidan
ajratilgan 16 milliard 200 milloin so‘m mablag‘ evaziga tumanda UCH
qavatli muhtasham tuman IIB binosi " EMRALD Project " MCHJ
quruvchilari tomonidan bunyod etildi.
Yangi
binoda har bir soxaviy xizmat xodimlari uchun barcha qulayliklarga ega shinam
xonalar, navbatchi lik qismi, oshxona,
kutubxona, Vatanparvarlik burchagi, har bir qavatda yuvinish xonalari
mavjud.
Bundan
tashqari, tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, Probatsiya
hamda boshqa bo‘limlari xodimlar to‘siqsiz kirib chiqishga mo‘ljallangan barcha
qulayliklarga ega xonalarda faoliyati ko‘rsatishni boshlashdi.
Ushbu yaratilgan
shart-sharoitlarning barchasi jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikni yanada
mustahkamlab, tumanda jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining barvaqt
oldini olish, ularni tez fursatlarda fosh etishga, xizmat qiladi. Shuningdek,
xodimlarning siyosiy, ma’rifiy va jangovar tayyorgarligini hamda ularning ish
samaradorligini oshirish maqsadida ga xizmat qiladi.
Bugungi
kun xodimi yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda kasbiy va jangovar mahoratlarini muntazam
ravishda oshirib borishi uchun zamonaviy vorkaut va mini futbol maydonchasi ham
xodimlar ixtiyoriga topshirildi.
Endi
qariyb bir yuzi to‘qson ming fuqaroning osoyishtaligiga mas’ul xodimlar
xizmatni yangi binoda faoliyat olib borishadi.