Yakkabog‘ tumanida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, turli qonunbuzarliklarni oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari va hamkor tashkilotlar bilan tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi
Fuqarolar tinchligi va osoyishtaligi, mol-mulk daxlsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish uchun Yakkabog‘ tumanida tungi xizmatga jalb etildi.
Yo‘riqnomada tungi xizmatga jalb qilingan
xodimlarga barcha turdagi
qonunbuzarliklarni barvaqt aniqlab oldini olish, xizmat samaradorligini
oshirish lozimligini ta’kidladi.
Xizmat
davomida fuqarolarning jamoat joyi hamda turli ko‘ngilochar maskanlarda
maqsadsiz yurishlarini bartaraf etishga oid topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Ichki ishlar
organlari xodimlari hamkor xizmatlar bilan qonunbuzarliklarni oldini olish,
jinoyatlarini fosh etish maqsadida Yakkabog‘ tumani markazida joylashgan bir
qator kompyuter o‘yinxonalarida tungi reydlar o‘tkazdi.
Reyd tadbiri
davomida ota-ona yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslarsiz voyaga yetmaganlar
kompyuter o‘yinxonalariga qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ullar bilan profilaktik
suhbatlar olib borildi.
Shuningdek, tadbir davomida probatsiya nazortida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar turmush tarzi o‘rganilib, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish borasida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.