28 Mart 2025 yil 421

Yakkabog‘ tumani IIBda bo‘lim Probatsiya guruhi hisobida turuvchi shaxslar bilan tuman prokurori hamda IIB boshlig‘i ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda nazorat ostidagi shaslarga O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va PQ-1-sonli qarorida belgilangan imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek nazorat ostidagi shaxslarga qayta  jinoyat sodir etmaslik, sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilish tushuntirildi.

So‘ngra, nazorat ostidagi shaxslarning muammolari va murojaatlari tinglanib, hal etish choralari ko‘rildi.

Yakunda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan IIB Probatsiya guruhi hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada to‘rt nafar shaxslarga ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

Text to speech