10 Iyul 2024 yil 409

Yakkabog‘ tuman hokimligi majlislar zalida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Yakkabog‘ tuman hokimligi majlislar zalida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, viloyat Markaziy banki, tumandagi mahallalar yettiligi, korxona tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar hozirgi rivojlanib borayotgan axborot asrida, hayotimizning barcha jabhalarida kompyuter va raqamlashtirilgan texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etishini bildirishdi.
Axborot texnologiyalari imkoniyatlari ortishi bilan birga bugungi kunda barcha hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlar orasida internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq salbiy holatlar ham yuz berayotgani ishtirokchilarga videoslaydlar orqali tushuntirildi. .
Qashqadaryo viloyati va Yakkabog‘ tumanida kiberjinoyatlarni oldini olish hamda aholini kiber olamdagi tahdidlar, jinoyatlardan himoyalash va imunitetini oshirish maqsadida 2024 yilning 1-31iyul kuniga qadar Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqarolarda Kibermadaniyat va kibergigiyenani yuksaltirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazayotgani ta’kidlandi.
Tadbirlari davomida innovatsion targ‘ibot usullaridan foydalangan holda tuman Dehqon bozorida sotuvchi va xaridorlar hamda fuqarolar kiberjinoyatlar sirlaridan ogoh etildi. So‘ngra tuman Davlat xizmatlarida bo‘lgan targ‘ibot guruhi barcha ishchi-xizmatchilar, fuqarolar hamda yoshlarga kiberxavfsizlik bo‘yicha tushunchalar berilib, bukletlar tarqatildi.

Text to speech