27 Yanvar 2025 yil 486

Yakkabog‘ tuman IIBda JIB tuman sudining sayyor sud majlisi va “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Unda dastlab, belgilangan tartib-qoidalar, qonunlarga rioya etgan, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 18 nafar mahkumlar tuman IIBning taqdimnomasiga asosan, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Shundan so‘ng tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda "Ishga marhamat!" bo‘sh ish o‘rinlari  yarmakasi tashkil etildi. Unda tumandagi korxona va tashkilotlarning mutasaddi vakillari o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari  bilan ishtirok etishdi.

Tadbirda   probatsiya nazoratidagi shaxslardan 7 nafari  ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

Text to speech