3 Fevral 2023 yil 249

Kiyim do‘konidagi o‘g‘rilik

Kitob tumanida yashovchi O‘.M. 2023 yil 25 yanvar kuni viloyat IIB 102 xizmatiga murojaat qilib, Kitob tumani “Toshkent” MFYda joylashgan savdo majmuasida kiyim almashtirish xonasida qolgan shimining cho‘ntagidan 700.000 so‘m pullarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab olganligini bildirgan.

Holat yuzasidan Kitob tuman IIB xodimlari tomnidan olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida mazkur jinoyatni tumanning “Sariosiyo” mahallasida yashovchi J.B. sodir etganligi aniqlangan.

Ayni kezlarda Kitob tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.

Text to speech