2 Oktyabr 2024 yil 674

Kitobda sayyor qabul

Kitob tumani Xalq qabulxonasida sektor rahbarlarining fuqarolar uchun qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik Ikrom Tog‘ayev ham aholi murojaatlarini tingladi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan qabulda fuqarolarning 30 dan ortiq turli mavzudagi murojaat va takliflar qabul qilindi. Ularning ayrimlari hal etilgan bo‘lsa, qolganlari mablag‘ va vaqt talab etgani bois tegishli soha vakillariga biriktirilib, ijroga qaratildi.

O‘z muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.

Text to speech