14 Dekabr 2021 yil 518

Kitob tumanida jinoyatlarni jilovlash


Bugungi kunda jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, roʼy berganlarini fosh etish borasida viloyatda “mahallabay” va “fuqarobay” rejasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar oʼz natijasini bermoqda. Natijada viloyatning kriminogen vaziyati ogʼir shahar-tumanlarida jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash ishlari ancha yaxshilanmoqda. Bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish hamda ichki ishlar organlarining quyi tizimlariga amaliy yordam koʼrsatish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev rahbarligidagi ishchi guruh Kitob tumani ichki ishlar boʼlimi xodimlariga amaliy yordam koʼrsatishdi.
Ikki kun davomida boshqarma boshligʼi Kitob tumanida boʼlib, qizil hududga kiritilgan “Аli qushchi” va sariq toifadagi “Guliston” mahalla fuqarolar yigʼiniga xizmat profilaktika inspektorlari faoliyati, hudiddan qurib berilgan xizmat uy-joylarining ahvoli va tayanch punktlari xizmat xonalaridagi shart-sharoitlarni koʼzdan kechirdi. Profilaktika inspektorlarining xizmat intizomiga rioya qilishi, hududni toʼlaqonli nazoratga olish yuzasidan boʼlim rahbarlari va xodimlari oldiga aniq vazifalar qoʼyilib, tumanda huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va qarshi kurashishda “xonadonbay” hamda “fuqarobay” usulida ishlar tashkil etildi.
Kitob tumani ichki ishlar boʼlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlinmasi qizil va sariq toifadagi mahallalarga xizmat koʼrsatuvchi 56/7-sonli va 56/6-sonli tayanch punkti profilaktika inspektorlarining xizmat uylarida boʼlgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi xodimlarning oila aʼzolari bilan yashayotganligi, xizmat uylarining obodonlashtirilganligi, mahalla hududida tashkil etilayotgan ishlarning ahvoli, profilaktika inspektorlarining mahalla aholisi bilan munosabatlari va ularning murojaatlarini qonun doirasida qay darajada hal etilayotganligi har bir oila va har bir fuqaroning muammolarini oʼrganib, mahallaning krimenogen vaziyati tahlilari xususida suhbatlar oʼtkazdi.
Tadbir yakunida tuman ichki ishlar boʼlimi shaxsiy tarkibi bilan kengaytirilgan yigʼilish oʼtkazilib, mahallarda jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi holatlarni ijobiy tomonga oʼzgartirish borasida tegishli tavsiya va takliflarberib, rahbarlar oldiga aniq vazifalar qoʼyildi.

Text to speech