18 Mart 2021 yil 489

Kitob tumanidagi profilaktika inspektorlariga kompьyuter jamlanmalari taqdim etildi

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yilning 12 fevralь kuni Ichki vazirligi hayʼatining kengaytirilgan yigʼilishi oʼtkazilgandi va unda soha xodimlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir bir qator rejalar belgilangan edi. Ular orasida profilaktika inspektorlarining oylik maoshini 60 foizgacha koʼtarish hamda qisqa muddatda moddiy texnik baza bilan taʼminlash kabi masalalarda ham fikr yuritilgandi.
Davlat rahbarining ushbu topshiriqlari ijrosini yuzasidan Kitob tumanida ham amaliy ishlar bajarib kelinmoqda. Hozirgi kunda tumandagi mavjud 59 ta profilaktika inspektorlaridan 19 tasida kompьyuter jihozlariga ehtiyoji borligi sababli bugun Аlisher Zakirov boshchiligidagi barcha sektor rahbarlari ishtirokida ana shunday inspektorlardan 5 nafariga soʼnggi rusumdagi kompьyuter jamlanmalari taqdim etildi. Qolgan mahallalarga esa zaruriy mablagʼlar ajratilib, tez kunlarda ularga ham shu kabi texnika uskunalari topshiriladi.

Text to speech