Kitob tumanidagi Ali Qushchi mahallasida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Farrux Tairov kriminogen vaziyatni tanqidiy –tahlil etdi.
Qashqadaryo viloyati IIB
boshlig‘i, polkovnik Farrux Tairov Kitob tumanining “qizil” toifadagi Ali
Qushchi mahallasida kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni oldini olish,
sodir etilganlarni fosh etish, fuqarolarning kundalik va maishiy muammolariga
yechim topish maqsadida o‘rganishlar olib bordi.
Dastlab, mahalla fuqarolar
yig‘inida hududda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, jinoyatchilikni
erta aniqlab oldini olish, sodir
etilganlarini fosh etish, jinoyat yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan
shart-sharoitlar va omillari tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib
o‘tdi.
Ko‘lami keng yig‘ilishda tuman
IIB boshlig‘i podpolkovnik Ikrom Tog‘ayev va mahalla yettiligi ishtirokida
mahallada sodir etilgan qonunbuzarliklar ochiq tahlil etilib, aholi
muammolarini o‘rganish va yechim topish, fuqarolarni bandligini ta’minlash
borasidagi ishlar, notinch oilalardagi vaziyatni o‘rganib, muammolarini hal etish, muqaddam sudlanganlar va yoshlarni ish bilan
ta’minlash borasida yettilik amalga oshirgan ishlar tanqidiy-tahlil
qilindi.
Tadbirda mahalla yettiligiga
“qizil” toifadan “yashil”ga o‘tish
uchun “fuqarobay”, “mahallabay” ishlarni
jonlantirish, qonunbuzarliklarni oldini olish borasida jamoatchilik kuchidan
samarali foydalanish, “Ijtimoiy profilaktika” tizimining ish samaradorligini
oshirish, ungi vaqtlarda nazoratni kuchaytirish, fuqarolar gavjum to‘planadigan
joylarga videokuzatuv moslamalari o‘rnatish, xonadonlarni pultga ulash
tavsiyasi berildi.
Fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va
ayollarning muammolarini aniqlash va hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha
mahallalar yettiligiga yo‘riqnomalar berdi.
Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
mahalla hududidagi Kitob tuman markaziy bozorida bo‘lib narx-navo bilan
qiziqdi. Bozor ma’muriyati va boshqa mutasaddilar, sotuvchilar bilan
suhbatlashib, narx-navoni sun’iy oshirmaslik, bozorta tartib-intizom bilan ish
yuritish borasida mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berdi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.