24 Yanvar 2025 yil 681

Kitob tumanidagi 2-3-4 sektor hududidagi "mahalla yettiligi" bilan Prezident Qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xaqida topshiriqlar berildi

Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Bugun mazkur ishchi guruh a'zolari Kitob tumanida davlat organlari va tashkilotlar masʼullari, “mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi. Mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ijro organlarining barcha boʻgʻinlariga yetkazish, interfaol metodlardan foydalangan holda samaradorligini oshirish masalasiga eʼtibor qaratildi.

Huquqbuzarliklarning oldini olishning samarali tizimini shakllantirish maqsadida “E-ijtimoiy profilaktika”, “E-maʼmuriy ish” axborot tizimlarini amaliyotga jalb etish boʻyicha topshiriq berildi.

Text to speech