Kitob tumanida « Xavfsiz hudud - dolzarb 50 kunlik» maxsus profilaktik tadbiri doirasida masul xodimlarga tegishli yo‘riqnomalar berildi
Xabaringiz bor, Respublikamiz boylab jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika tadbirlari samaradorligini yanada oshirish, mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida “Dolzarb 50 kunligi” oʻtkazilmoqda. Shu maqsadda bugun Kitob tumanida ichki ishlar organlari va hamkor tashkitlotlar vakillariga mazkur profilaktik tadbiri doirasida yo‘riqnoma berildi. Yoʻriqnomada tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari Kitob tumanini jinoyatlardan holi hududga aylantirish, kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga eʼtibor qaratish lozim boʻlgan holatlar yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berishdi.