17 Iyul 2021 yil 565

Kitob tumanida fuqarolar muammolari tinglandi


Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik X. Аtanazarov fuqarolarning maishiy muammolari va kundalik turmush tarzida uchrayotgan muammolarni yechimini topish va hal etish maqsadida Kitob tumanida Sayyor qabul oʼtkazdi. Tuman Istirohat bogʼida tashkil etilgan qabulda tuman hokimligi, IIB va sektorlar ishchi guruhi ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda 25 nafar “Temir”, Аyollar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar ishtirok etishdi. Ochiq muloqot ruhida oʼtgan qabulda ishtirok etgan 25 nafar fuqarolardan 18 nafarining kommunal soha - mahallaning ichki yoʼllarini asfalьtlashtirish, gaz, elektr energiyasidagi uzilishlar borasidagi murojaati tinglandi. Qabulda murojaatlarning barchasi vaqt va mablagʼ talab etishi inobatga olinib, tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi.

Text to speech