18 May 2024 yil 593

Kitob tumani sektor rahbarlari aholi uchun navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

Xabaringiz bor, haftaning har payshanba kuni Kitob tumanida sektor rahbarlari hamda barcha tashkilotlar ishtirokida fuqarolar qabuli  doimiy o`tkazilib kelinadi. An`anaga muvofiq, bugun  ham Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Unda tuman hokimi Rustam Gafurov hamda qabulxona mudiri Abdishukur Omonov boshchiligidagi mas`ullar aholimiz muammolariga quloq tutishdi.

Uchrashuv davomida tumandoshlarimizdan 50 dan ortiq turli mavzudagi murojaat va takliflar kelib tushib, ularning har biri bo`yicha tegishli soha vakillarining nazorati ta`minlandi. Albatta, joylarda xalq bilan tashkil etilayotgan bu kabi ochiq muloqotlar mavjud muammolarning o`z vaqtida hamda manzilli hal etilishiga xizmat qiladi.

Text to speech