Kitob tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yil 13 martda qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʼgʼrisida”gi yangi tahrirdagi qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning oʼtgan davrida Kitob tumani IIB M va FRBga fuqaroligi boʼlmagan shaxslar Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini tan olinishi soʼrab murojaat qilganlaridan 6 nafariga fuqarolik pasporti rasmiylashtirilib berilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan fuqarolik pasporti berilganlardan biri, 1982 yilda tavallud topgan, yakka tartibdagi tadbirkor Baxtiyor Suyarov shunday deydi:
– Men bugun juda baxtiyorman. Koʼp yillardan buyon bu kunlarni orziqib kutib yashardim. Mana niyatlarim amalga oshdi. Buning uchun yurtboshimizga oʼzimning chuqur minnatdorligimni bildiraman.
Farruh BOYMIRZАEV,
Kitob tumani IIB M va FRB boshligʼi, katta leytenant.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: