24 Yanvar 2023 yil 216

Kitob tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha Kitob tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tuman IIB, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi, diniy idora va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda tuman IIB boshlig‘ining MMI bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Abdimannob Allayorov ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kadrlar salohiyatini oshirish IIV tuzilmasida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti faoliyati yo‘lga qo‘yilganini bildirdi. Ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilish bo‘yicha nomzodlarni tanlashning adolatli, xolis va shaffof tizimini yaratilib, “E-nomzod” elektron axborot tizimini yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘riladigan bo‘ldi.

  Tadbirda mavzu doirasida ishtirokchilarning savollariga atroflicha tushuntirishlar berildi.

Text to speech