30 May 2024 yil
717
Kitob tuman Ichki ishlar boʼlimi hamda Аdliya boʼlimi rahbarlari tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan, tumandagi "qizil" toifaga kiruvchi "Аli Qushchi" MFYda ushbu hududda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, bunga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash boʼyicha oʼtkazilgan tahlillar asosida jinoyatlarni oldini olish va huquqbuzarliklarning oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan huquqiy targʼibot tadbiri oʼtkazildi.
Kitob tuman IIB hamda Adliya bo‘limi tomonidan "qizil" toifaga kiruvchi "Ali Qushchi" MFYda sodir etilgan jinoyatlarning sodir etilish sabablari, bunga imkon bergan shart-sharoitlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olganlar tahlillar asosida huquqbuzarliklar, jinoyatlarni oldini olish va sodir etilganlarini huquqiy oqibatlarini ishtirokchilarga tushuntirishdi. Huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.