25 Sentyabr 2021 yil 5350

Kitob - insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql va bilim manbaidir

Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo'lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo''tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga bo'lgan muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi.

Maʼnaviyat va maʼrifatga kitob mutolasisiz erishib boʼlmaganidek, Ichki ishlar organlari tizimida ham Prezidentimizning 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050 qarori va Ichki ishlar vazirligining «Ichki ishlar organlari xodimlari o'qishi uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxatini tasdiqlash to'g'risidagi» buyrug'ini ijrosini ta'minlash maqsadida xodimlarning ma'naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kitoblarni mutolaa qilishlari va sotib olishlari uchun Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada mashhur adiblarimizning badiiy, tarixiy asarlari, jahon adabiyoti durdonalari, bestseller kitoblar hamda barcha kodekslarning yangi tahrirdagi kitoblar taqdim etildi.

Yarmarkada kitobsevar ichki ishlar organlari xodimlari o'zlari yoqtirgan sevib mutolaa qiladigan yozuvchi va adiblarning asarlarini sotib oldilar.

Kitobni mutolaa qilish, asarlarning mazmun-mohiyati zamiriga etish insonni komillikka, zukkolikka va teran fikr sohibiga aylantirishi shubhasizdir.

Text to speech