20 Iyul 2024 yil 1026

“Kitob – inson ma’naviyati poydevori”

Qashqadaryo viloyati IIBda “Kitob – inson ma’naviyati poydevori” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari hamda Turon universiteti Filologiya fakulteti, Sharq tillari kafedrasi o‘qituvchisi Surayyo Shodiyeva ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasi ekanligi, kitobni bejiz oftobga qiyoslamanmassligini ta’kidlashdi. Negaki, quyosh butun olamni o‘z nurlari bilan yoritganidek, kitob ham ilm va ma’rifat ziyolari bilan inson qalbini munavvar etadi. Sababi, jamiki yaxshi fazilatlar inson ongiga kitoblar orqali singdiriladi.

Ulug‘ alloma ajdodimiz Shayx Najmiddin Kubro «Kitob — sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg‘uli damlarda madadkor, odamlar orasida zeb-u ziynat, dushmanlarga qarshi kurash¬da quroldir» deb bejizga ta’kidlamagan.

Mamlakatimizda kitob va kitob¬xonlikni rivojlantirish maqsadida. Prezidentimizning qator farmon va qarorlari qabul qilingan. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan esa 2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlangan.

Aytish joizki, bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni yanada ommalashtirish maqsadida qator ibratli ishlar qilinmoqda.

Xususan, ichki ishlar organlarining 26 ming nafardan ortiq xodimlari shaxsiy kutubxonalarga ega. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalaridagi mavjud kutub¬xonalarda umumiy kitoblar fondi 850 mingga yaqin. Ularning 550 mingdan ziyodi badiiy, 38 mingdan ziyodi publitsistik, 47 mingdan oshig‘i ilmiy-ommabop, 133 mingga yaqini o‘quv, 56 mingga yaqini ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish¬dagi adabiyotlar.

Bir so‘z bilan aytganda, ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, xodimlarning huquqiy va ma’rifiy bilimlarini oshirish davr talabi hisoblanadi. Zero, kitob – beminnat ustoz, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir.

Yig‘ilishda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik T.Bayjanov shaxsiy tarkibga respublika va viloyat miqyosida xodimlar bilan bog‘liq sodir bo‘lgan salbiy va favqulodda holatlar hamda ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish borasida  yo‘riqnoma berib, xodimlarni xizmat intizomiga rioya etishi bo‘yicha  ogohlantirdi. 

Shundan so‘ng, boshqarma TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i,

kapitan Akrom Ubaydullayev mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida zararli havolalar va yolg‘on xabarlardan saqlanish bo‘yicha ma’ruza qildi.

Yakunda boshqarma MMI va KBTX bosh inspektori kapitan Xamza Niyozov IIVning 400-sonli buyrug‘i talablari doirasida ishtirokchilarga ishtirokchilarga ma’lumot va tavsiyalar berdi.

Text to speech