Kiberjinoyatlarga qarshi kurash dolzarb masala
Koʼkdala tumani “Ettitom" shaharchasida "Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi" doirasida fuqarolar bilan tuman IIB huzuridagi tergov guruhi surishtiruvchisi Fazliddin Berdiev tomonidan targʼibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Аholining virtual muhitdagi kibertahdidlardan ogohligini oshirish hamda immunitetni shakllantirish maqsadida oʼtkazilgan tadbirda plastik kartalardan pul oʼgʼirlash, turli onlayn qimorlarga qaratilgan takliflar tushishi, xakerlarning bank nomidan soxta xabarnoma joʼnatishi kabi masalalarda qanday yoʼl tutishi haqida fuqarolarga atroflicha tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, har bir fuqaro shaxsiy maʼlumotlarini hech kimga bermasligi lozimligi ishtirokchilarga tushuntirildi.
Yigʼilishda ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi.