17 May 2024 yil
307
"Kiberjinoyat qurboni bo‘lmang" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Bugun Xorijiy tillar, Matematika va kompyuter ilmlari, Filologiya fakultetlarida "Kiberjinoyat qurboni bo‘lmang" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda talaba-yoshlarga bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, internet do‘konlaridan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilmaslik oqibatida firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolish hech gap emasligi, plastik karta kodi va parolini, shuningdek, sms xabarlar orqali yuboriladigan maxfiy kodlarni begona shaxslarga bermaslik kerakligi uqtirildi. Tadbirda viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi L.Jo‘rayev, universitet profilaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov, dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.