17 Yanvar 2025 yil 545

“Kiberjinoyat, internet va undan foydalanish madaniyati”

Qarshi Davlat universiteti Geografiya va agronomiya fakultetida “Kiberjinoyat, internet va undan foydalanish madaniyati” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet proflaktika inspektori, Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi, Ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari va Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari, talaba yoshlar qatnashdi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan universitet proflaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov tomonidan internetdan to‘g‘ri foydalanish madaniyati, yoshlarning mediasavodxonligi, axborot xurujlariga tushib qolmaslik, zararli axborotlardan himoya qilish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, yolg‘on axborot tarqatish,  milliy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib etishdan ehtiyotkor bo‘lishlari lozimligi borasida kerakli tavsiyalar berildi.

Text to speech