“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi”
Qashqadaryo viloyati IIBda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB boshlig‘i, Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, boshqarma tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIB xodimlari videokonferensiya orqali ishtirok etishdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov so‘zga chiqib,
bugungi kunda, barcha hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlar orasida internet
va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq holatlar nisbati keskin oshib
borayotganini, fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini
olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda aholi orasida “kibergigiyena”ni shakllantirish” lozimligini
bildirdi.
Qashqadaryo viloyatida kiberjinoyatlarni oldini olish hamda aholini kiber
olamdagi tahdidlar, jinoyatlardan himoyalash va imunitetini oshirish maqsadida
2024 yilning 1-31iyul kunlari Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv
departamenti Kiberxavfsizlik markazi viloyatdagi manfaatdor idora va
tashkilotlar bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga start berilgani
qayd etildi.
Yig‘ilishda innovatsion targ‘ibot usullaridan keng foydalangan holda viloyatdagi barcha ishchi-xizmatchilar, yoshlar bilan hamkorlikda kiberjinoyatlar va tahdidlardan ogoh bo‘lish, bu borada aholining barcha qatlamlarini qamrovga olish, yoshlar o‘rtasida bir necha turdagi tanlovlar uyushtirish rejalashtirilgani haqida viloyat IIB TQX JQB Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i kapitan Akrom Ubaydullayev o‘z fikrlarini bildirdi.
Targ‘ibot tadbirlari haqida batafsil,
www.kiberoylik.uz veb sayt,
https://t.me/cyber_102 “Telegram” kanali,
https://youtube.com/@cyber_102
“Yotube” tarmog‘ida,
https://www.instagram.com/cyber102_iiv_tqd
“Instagram” tarmog‘i orqali ma’lumot olishingiz mumkin.