2 Iyul 2024 yil 468

“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida tumanning Batosh mahallasida ham targ’ibot tadbiri o’tkazildi

Qashqadaryo viloyatida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga start berildi. Mazkur oylik doirasidagi tadbir bugun Qarshi tumani Batosh mahallasida joylashgan 71-sonli maktab yig`ilishlar zalida ham bo`lib o`tdi.

Mutaxassislar fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda ularda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda "kibergigiena" shakllantirish bo`yicha yig`ilganlarga batafsil ma`lumotlar berib o`tdilar.

Targ‘ibot tadbirlari tumanimizda davom etadi.

Text to speech