14 Noyabr 2024 yil 915

Kiber jinoyatlardan ogoh bo'ling

Axborot xurujlari orasida “kiberjinoyat” tushunchasi mavjud. Jahonda sodir etilayotgan jinoyatlar ichida kiberjinoyatchilik to‘rtinchi pog‘onada turadi. U insonlar tomonidan boylik orttirish yoki boshqa g‘arazli maqsadlarda axborot texnologiyalaridan noqonuniy foydalangan holda sodir etilgan xavfli jinoyat sanaladi. Uning yuzaga kelishiga global internet tarmog‘ining paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. Sodda qilib aytganda, bu turdagi jinoyatni kompyuter qarshisida o‘tirib, minglab kilometr uzoqlikdagi mintaqada joylashgan biror tashkilotning mablag‘ini o‘marish orqali sodir etish mumkin.

Tarix va Pedagogika fakultetlarida tashkil etilgan targ'ibot tadbirlarida mavzu doirasida atroflicha fikr yuritildi. Tadbirlarda Qashqadaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo’limi xodimlari S.Muhammadiyev, A.Ubaydullayev, universitet profilaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov, Yoshar bilan ishlash bo'limi tyutorlari, fakultetlarning dekan o'rinbosarlari, talaba-yoshlar qatnashdi.

Ma'ruzalarda qayd etilishicha, kiberjinoyatning asosiy turlariga viruslar yordamida zarar yetkazuvchi dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi raqamlarni o‘g‘irlash, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlarni tarqatish kabilar kiradi. Tadbirlar doirasida talabalarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.

Text to speech