3 Yanvar 2023 yil 287

Kelgusi rejalar belgilab olindi

Qarshi shahrida joylashgan “Grand star” mehmonxonasida “O‘zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatini oshirish orqali odam savdosi uchun jinoiy javobgarlikka tortishni mustahkamlash” nomli loyiha doirasida “Odam savdosidan jabrlanganlarini jinoiy protsessning bosqichlarida psixologik qo‘llab-quvvatlashning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika «Istiqbolli avlod» ijtimoiy axborot markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi va viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘linmasi hamda Qarshi shahar IIO FMB, shahar-tuman IIBlari JQBda odam savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida xizmat olib borayotgan tezkor xodimlari ishtirok etishdi. 

Tadbirda O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi PF-5775-sonli “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyasi ishchi guruhining faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy hamkorlikni yanada ko‘chaytirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida, xolisona ko‘rib chiqish maqsadida Respublika «Istiqbolli avlod» ijtimoiy-axborot markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi bilan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Boshlangan yilda odam savdosiga qarshi kurashish va oldini olish borasida amalga oshirishning muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hamkor tashkilotlar vakillarining takliflari eshitildi.

Shuningdek, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 avgust kunidagi O‘RQ-633-sonli “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni asosida tayyorlangan materiallar tezkor xodimlarga kelgusida faoliyatda foydalanishlari uchun taqdim etildi.

Text to speech