Kelajagimiz bo‘lgan Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng oliy maqsadimiz
Shahrisabz
tumani IIB boshlig‘i Alisher Jo‘raev hamda Shahrisabz tumani Adliya bo‘limi
boshlig‘i Farhod G‘aniev bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining “Uyushmagan
yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi
kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 468-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek yoshlarni bo‘sh
vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib
qilish maqsadida Shahrisabz tumani IIB binosida yoshlar o‘rtasida sport
mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Tadbirda
tuman IIB boshlig‘i va uning o‘rinbosarlariga biriktirilgan 3-sektor hududidagi
uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda faoli ishtirok etgan tadbir
qatnashchilariga va tashkilotchilarga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda
topshirildi.