5 Iyun 2021 yil 613

“Kelajak Yoshlari” festivali

Oʼzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati targʼibot oyligi ijrosini taʼminlash maqsadida 2021 yil 4 iyunь kuni “Yoshlar oyligi” doirasida amalga oshirilishi lozim boʼlgan chora-tadbirlar rejasiga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi hamkorligida “Yangi Oʼzbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali gala kontserti tashkil etildi. Kontsert jarayonida akademik litsey oʼquvchilari ham oʼz dasturlari bilan ishtirok etishdi.
Festivalga Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqaramasi xodimlari, Qarshi shahridagi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʼshinlari 7256-sonli harbiy qism xizmatchilari, 521-Safarbarlik chaqiruv rezervi batalьoni muddatli harbiy xizmatchilari va Qarshi Muxandislik iqtisodiyot institutiga qarashli Nuriston akademik litseyi oʼquvchilari tashrif buyurishdi.
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadining tajribali xodimlari tomonidan zirhli va suv bilan zarba beruvchi maxsus texnikalari hamda qurol aslaxalarni tadbir ishtirokchilariga namoyish etishdi.
Tashrif davomida Nuriston akademik litsey oʼquvchilariga IIV Qashqadaryo akademik litseyida oʼquvchilarini vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga qaratilgan “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish–oliy burchimiz!” shiori ostida akademik litseyda tashkil etilgan “Vatanparvarlik burchagi” “Ichki ishlar organlarining tarixi” muzeyi, kutubxona va taʼmirlangan oʼquv xonalari haqida oʼquvchilarga maʼlumotlar berildi.
Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi vakillari tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga kitoblar sovgʼa qilishdi.

Text to speech