3 Dekabr 2022 yil 307

Keksalar va nogiron fuqarolar holidan xabar olindi

3 noyabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilgan faxriylar va nogiron pensionerlar xonadoniga borib, ular holidan xabar olishdi.

Tadbir doirasida faxriylarga boshqarma birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida moddiy va ma’naviy ko‘mak berilib, kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Bu boradagi ishlar vohaning shahar-tuman IIBlari tomonidan ham davom ettirilmoqda.

Text to speech